FIFA prezidenti Yozef Blatter Braziliya mundialining eng yaxshi o‘yinchisi argentinalik Lionel Messi bo‘lishini kutmaganligini aytdi. Bu haqda Stadion.uz xabar berdi.
“Musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi aynan Messi bo‘lganligiga biroz hayron bo‘ldim”, — deydi Blatter.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik Lionel Messi mundialda jami to‘rtta gol urib, bir bor golli uzatma oshirgan.
JCh — 2014 musobaqasida Argentina terma jamoasi ikkinchi o‘rinni egallab, Messi jamoadoshlari bilan bir qatorda kumush medal sohibi bo‘ldi.
Izoh (0)