2013-yilning yanvaridan 2014-yilning iyul oyigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekistonda mobil internetdan foydalanish ko‘rstakichlari statistikasi tuzildi. Bu ko‘rsatkichlar Top.Mail.Ru statistikasiga asoslanib iLike.uz blogi tomonidan e’lon qilindi.‘
Statistikaga ko‘ra, mobil internetdan foydalanish ulushi 2013-yilning yanvar oyiga nisbatan 73 foizdan 79 foizga oshgan. Buning ikki sababi bo‘lishi mumkin. Birinchisi – ko‘pchilik internetga ulanish uchun mobil qurilmalardan foydalanishni afzal biladi. Ikkinchisi – mobil qurilma yordamida internetga ulanganda kompyuter yoki noutbuklarga nisbatan tezlik yuqoriroq. Shuningdek, har bir oilada o‘rtacha ikkita telefon borligini ham ta’kidlash lozim, komyuter haqida esa bunday deb bo‘lmaydi.
J2ME. 1,5 yil davomida bu operatsion tizimdagi mobil qurilmalardan internetga ulanish hajmi 46 foizdan 25 foizga tushgan. Bu — quvonarli hol.
Android — dunyo va O‘zbekistondagi eng mashhur operatsion tizim. O‘tgan 1,5 yil davomida Android qurilmalari orqali internetga ulanuvchilar ulushi 8 foizdan 36 foizga ko‘tarilgan. Bunday yuqori ko‘rsatkich qayd etilishiga mahalliy Artel va UZTE kompaniyalarining Android smartfonlarini ishlab chiqarishi ham katta sabab bo‘ldi.
Symbian. Bu operatsion tizimda deyarli o‘zgarish qayd etilmagan – bu operatsion tizimda ishlaydigan qurilmalar ulushi 8,45 fozidan 8,14 foizga tushib qolgan. J2ME qurilmalaridan foydalanganlar Android’ga emas Symbian operatsion tizimiga o‘tgani bunga sabab bo‘lgan, deyish mumkin.
iOS operatsion tizimida ishlaydigan qurilmalardan foydalanish hajmi 12 foizdan 11 foizga pastlagan va bu kutilmagan holat :)
Windows Phone. Tirik va xatto 0,4 foiz o‘sish ham qayd etgan.
Izoh (0)