Bu qurilma UPS – Uninterruptable Power Supply (uzluksiz quvvat yetkazuvchi) deya nomlanadi va u ko‘pchilikka tanish. U elektr ta’minoti uzilib qolgan paytda elektron qurilmalarni ma’lum muddat elektr toki bilan ta’minlab tura oladi.
Odatda UPS qurilmalari og‘ir va qimmat bo‘ladi. Asosan ulardan uy kompyuterlari o‘chib qolmasligi uchun foydalaniladi.
APC taqdim etgan Back-UPS connect 70 qurilmasi esa arzon va kichkina. Uning narxi 50 dollar bo‘lib, mobil elektron qurilmalar (noutbuk, planshet, smartfon yoki modem) uchun mos keladi. Bu haqda Gizmodo sayti xabar berdi.
Agar elektr ta’minoti o‘chib qolsa, qurilma modem yoki ruterni uch yarim soat davomida elektr toki bilan ta’minlab tura oladi. Bu vaqt mobaynida electron qurilma yordamida qilayotgan ishingizni yakunlab olishingiz yoki uni boshqa joyga ko‘chirib qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz.
Izoh (0)