Braziliyaning Globoesporte nashri Argentina terma jamoasi delegatsiyasining finaldan oldingi harakatlarini qoralab chiqdi, deya xabar beradi Chempionat.asia.
Braziliya matbuotining xabariga ko‘ra, Argentina terma jamoasi ma’muriyati final o‘yiniga italiyalik Nikola Ritssolini tayinlanishiga erishdi. “Albiselesta” Braziliyadagi mundialda eng yaxshi reytingga ega bo‘lgan o‘zbekistonlik Ravshan Ermatovning finalga tayinlanishiga keskin qarshi chiqqan.
Germaniya termasi esa o‘zbekistonlik Ermatov va shved Erikssonning nomzodini ma’qullagan.
Qizig‘i Nikola Ritssoli ushbu mundialda Argentinaning uchinchi o‘ynida ishlaydi. Bunga qadar italiyalik hakam “albiselesta”ning Nigeriya (3:2) va Belgiyaga qarshi (1:0) o‘yinlarda ishlagan.
Izoh (0)