Ukrainada Lugansk shahri uchun bo‘layotgan g‘alayonlar davom etmoqda. 6-iyul, yakshanba kuni harbiy samolyotlar shaharlarga bir necha bor zarba berib, bombalar aholi turar joylariga kelib tushgan. Bundan bir kun avval samolyotlar bomba tashlashi oqibatida 80 ga yaqin kishi jarohatlangan, deb yozadi Euronews.
Ayni paytda, Slovyanskda g‘alayonchilar ortga chekinib, Donetsk yaqinidagi pana joyga o‘tishga majbur bo‘lgan.
Ayirmachilar guruhini qo‘llab quvvatlash uchun Donetsk markazida minglab odam to‘plangan.
O‘zini Donetsk Xalq Respublikasi deb e’lon qilgan hudud yetakchisi Andrey Purginning aytishicha, ularda yetarlicha qurol-yarog‘ qolmagan.
“Bizda isyonchilar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo yetarlicha qurolning yo‘qligi bunga to‘sqinlik qilmoqda. Donetskdan boshqa qayerga ham bora olar edik? Marsgami?”, — deya qo‘shimcha qildi Andrey Purkin.
Rasmiy Kiyev g‘alayonchilarni chiqarib yuborish maqsadida Lugansk va Donetsk shaharlarini qamalga olishni rejalashtirayotganini bildirgan.
Izoh (0)