Xonanda Jasur G‘oyipovning Facebook’dagi sahifasi butun dunyodan jami 100 000 ga yaqin muxlisni birlashtirdi, deya xabar beradi iLike.uz blogi.
Jasur G‘oyipovning Facebook’dagi muxlislari soniga ko‘ra Turkiya, Ukraina, Rossiya va Pokiston davlatlari peshqadamlik qilmoqda.
O‘zbekiston esa, xonandaning deyarli barcha qo‘shiqlari o‘zbek tilida bo‘lishiga qaramay, nashrda keltirilgan birinchi 45 mamlakat qatoridan joy olmadi.
Mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, xonanda muxlislarining soni ko‘pligi va ular o‘zbekistonlik emasligi “layk”lar yig‘ishda botlardan foydalanilganidan dalolat beradi. Ya’ni, xonanda muxlislari soxta bo‘lib, “layk”lar pulga sotib olingan.
Chindan ham, Jasur G‘oyipov sahifasidagi postlarga nazar tashlasangiz, har bir post 5 mingdan sal ko‘ploq “layk” yiqqan; Postlardagi “layk”lar soni bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Bundan tashqari, shuncha ko‘p “layk” yiqqan postlarda sanoqli fikrlar bildirilgan.
The Next Web sayti ma’lumotiga ko‘ra, 1 million muxlisi bo‘lgan hamjamiyatdagi bitta post o‘rtacha 826 “layk” va 309 fikr to‘playdi. O‘zbekistonlik xonanda sahifasida bu qonuniyat kuzatilmayapti. Shu sababli mutaxassislar Jasur G‘oyipovning muxlislari soxta ekanligini taxmin qilishmoqda.
Xonanda muxlislar chin yoki soxta ekanligi haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Voqealar rivojini bizda kuzating :)
Izoh (0)