Samsung kompaniyasi 3-iyul kuni plazma televizorlarini ishlab chiqarishni to‘xtatganini tasdiqladi. Bunga sabab plazma televizorlariga bo‘lgan talabning pasayishi bo‘lgan. Samsung endilikda LED texnologiyasi bo‘yicha televizor ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratadi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi, deb yozadi CNN.
O‘tgan yili Panasonic kompaniyasi ham shunday qarorga kelgan edi. Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — LG ham plazma televizorlar ishlab chiqarishni to‘xtatmoqchi.
Kompaniyalar endilikda LED va LCD ekranli televizorlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi. Chunki piksellari gaz bilan to‘ldirilib, elektr toki ta’sirida ishlaydigan plazma televizorlaridan ko‘ra ingichka ekran hamda piksellari maxsus suyuqlik bilan to‘ldiriladigan LED ekranli televizorlarga talab oshib bormoqda.
Joriy yilning birinchi choragida o‘tgan yilga nisbatan plazma televizorlarini sotib olish hajmi 16 foizga kamaygan. Hozirda bir qancha Xitoy kompaniyalari plazma televizorlarini ishlab chiqarayotgan bo‘lsa-da, bu 2016-yilgacha davom etadi.
Izoh (0)