Shveysariya Konfederatsiyasi prezidenti Didye Burkxalter O‘zbekistonning Shveysariyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Durbek Omonovning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, Uzdaily xabar berdi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimidan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbatda Didye Burkxalter O‘zbekiston va Shveysariyaning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-ijtimoiy sohadagi munosabatlariga ijobiy baho berdi.
Shuningdek, u mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama foyda keltiruvchi hamkorlikni kengaytirish uchun katta salohiyat borligini ta’kidlab o‘tdi.
Shveysariya Konfederatsiyasi prezidenti O‘zbekiston yetakchisi hamda xalqiga omad va farovonlik tilab, o‘zining samimiy niyatlarini izhor etdi.
Izoh (0)