Abu Rayhon Beruniy bundan ming yil avval yer kurrasining tortishish kuchini o‘ta aniqlik bilan hisoblab chiqqan. Bu haqda Amerikaning eng ommabop jurnallaridan biri Science xabar qiladi. Maqola “Amerikani O‘rta asrlarda Markaziy Osiyoliklar ‘ochganmi’?” sarlavhasi ostida chop etilgan.
Bugungi kunda, AQShning nufuzli olimi Amerika qit’asining mavjudligi haqidagi g‘oyani ilk bor olg‘a surgan daholar ro‘yxatiga Beruniy nomini kiritishni taklif etadi.
Boshqa olimlarning fikriga ko‘ra, Yevropa va Osiyo qit’asidan tashqari yana boshqa noma’lum yer massalari mavjudligi haqida mulohaza qilish Amerikani kashf etish hisoblanmaydi.
Maqola tafsilotlari bilan “Xalq so‘zi” gazetasining 5-iyul sonida tanishish mumkin.
Izoh (0)