Silikondan yasalgan bu qurilma Siconi deya nomlanadi. Unga istalgan buyumni yopishtirib qo‘yish mumkin, deyiladi Gizmodo sayti xabarida.
Uni avtomobilingiz salonida joylashtirib, ustiga telefon yoki ko‘zoynagingizni qo‘ysangiz, ularni sirpanib tushib ketish havfidan asragan bo‘lasiz.
Shuningdek, Siconi qurilmasini vertikal holatda joylashtirish va unga zarur qog‘ozchalardan tortib, to avtomobil kalitigacha yopishtirib qo‘yish mumkin.
Uning 3 xil o‘lchamdagi turi mavjud va eng kattasining narxi 12 dollarni tashkil etadi. Uni suv va sovun yordamida yuvish bilan yopishqoqligini qayta tiklayversa bo‘ladi.
Izoh (0)