Hukumat tomonidan iyul oyida “O‘zbekenergo” kompaniyasiga Markaziy Osiyodagi eng katta IES — Sirdaryo issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihaning texnik va iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Bir milliard dollar atrofida baholanayotgan mazkur loyiha uch energoblok stansiyasi o‘rniga quvvati 900 MVt bo‘lgan ikki bug‘-gaz uskunasi o‘rnatishni ko‘zda tutadi. Loyihani amalga oshirish ishlari 2015-yilda boshlanishi kutilmoqda.
Uch yilda tugallanishi lozim bo‘lgan bu loyihaga 600 million dollar miqdorida xorijiy kredit kiritiladi, qolgan qismi O‘zbekiston tomonidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryo IES o‘z faoliyatini 1981-yilda boshlagan bo‘lib, har yili mamlakatda ishlab chiqarilayotgan energiyaning 32 foizini tashkil etuvchi 13 milliard kVt/soat energiya yetkazib beradi.
Izoh (0)