Rossiyada o‘qiyotgan o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar soni 2015-yilda uch marta ko‘payib, 1,3 ming kishiga yetishi mumkin. Bu haqda “Noviy vek” xabar berdi.
Ayni paytda Rossiya harbiy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Qurolli kuchlarining 450 nafar ofitserlari ta’lim olmoqda, 2015-yilda esa ularning soni deyarli uch barobar oshadi. Bu O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha harbiy hamkorlikning rivojlanishi bilan bog‘liq.
Ushbu hamkorlik doirasida O‘zbekistonda Rossiyadan keltirilgan qismlar yordamida yig‘ilayotgan aviatsiya va og‘ir qurollar tizimi bo‘yicha harbiy mutaxassislarni tayyorlash ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston o‘z navbatida NATOga a’zo mamlakatlardan harbiy bo‘lmagan aslaha-anjomlarni sotib olishni boshladi.
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta’minlashdagi muhim rolini saqlab qolmoqda. 1994-yilda ikki davlat Harbiy sohada hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi.
Izoh (0)