Toshkentda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tadbirda tijorat banklari, mobil aloqa kompaniyalari, shahar yo‘lovchi transporti va chakana savdo sohasi vakillari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Elektron tijoratni rivojlantirish borasida Fransiyaning Sofrecom va Aesma kompaniyalari bilan hamkorlikda NFC (simsiz kommunikatsiya) texnologiyasini joriy etishga kirishildi.
Yaqin kunlarda mobil telefon orqali ushbu tizimdan foydalanish mumkin bo‘ladi. Ushbu texnologiyani jamoat transportida, keyinchalik, supermarketlar va savdo markazlarida, dorixonalar, umumiy ovqatlanish muassasalari va kommunal xizmat to‘lash punktlarida joriy etish rejalashtirilmoqda. NFC texnologiyasi bilan barcha turdagi bank kartalari orqali to‘lov amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Biznes-forumda O‘zbekistonda NFC texnologiyasini amaliyotga tatbiq etishda tijorat banklari, mobil aloqa kompaniyalari va savdo majmualari o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)