Buyuk Britaniyaning London shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi, yilning to‘rtta eng yirik musobaqasidan biri — Uimbldon davom etmoqda, deb yozadi “Olamsport”.
Ushbu turnirning uchinchi davrasida O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin shveysariyalik Sten Vavrinkaga qarshi kortga chiqdi va uch setda 3:6, 3:6, 4:6 hisoblarida kuchli raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, Istomin Uimbldon turnirida dastlab rossiyalik Dmitriy Tursunovni, keyin esa germaniyalik Yulian Rasyterni musobaqadan chiqarib yuborgan edi.
Izoh (0)