Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi fransuz politsiyasining Nanter shahridagi korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi tomonidan hibsga olindi. Bunday holat — Fransiya prezidentining hibsga olinishi mamlakat tarixida ilk bor kuzatilmoqda, deb xabar berdi  ITAR-TASS.

Nikolya Sarkozi. Foto: itar-tass.com

Nikolya Sarkozi. Foto: itar-tass.com

Hozirda Sarkozi o‘z maqsadlariga erishish uchun mansabdor shaxsga ta’sir o‘tkazishda ayblanmoqda. Agar aybi tasdiqlansa, unga 3 yillik qamoq jazosi hamda 375 000 yevro jarima belgilanadi.

Muammar Qaddafiy 2011-yil Sarkozining 2007-yilgi saylovoldi kampaniyasini moliyalashtirgani haqida intervyu bergan. 2014-yil boshida mazkur videolavha  France 3 telekanalida namoyish etilgach, Sarkoziga qarshi ish qo‘zg‘atildi.

Muammar Qaddafiyning o‘g‘li Seyf al-Islam Qaddafiy moliyalashtirish haqiqatan ham Liviya tomonidan amalga oshirilganini tasdiqladi. U bank hisob raqamlarini ochish, pul o‘tkazishga doir barcha hujjatlarni dalil sifatida taqdim etishi mumkinligini ta’kidlab o‘tgan.

Mazkur ishyuzasidan sobiq prezidentning telefoni kuzatilganida unga daxldor boshqa ma’lumotlar ham topildi.

Saylovoldi kampaniyasini tashkillashtirishda milliarder Lillian Betankurning yordami ham borligi gumon qilingan edi. Ma’lum bo‘lishicha, sobiq prezident bu ish yuzasidan shug‘ullangan sudya bilan telefon orqali bog‘langan. U o‘zining aybsizligi e’lon qilinishi evaziga sudyaga Monakoda yuqori lavozim taklif qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hududgazta’minot” aholini gazdan oqilona foydalanishga chaqirdi
Mahalliy
“Kimdir javob berishi, kimdir qusishi kerak” — faollar gaz va elektr muammosi sababchilariga jazo so‘ramoqda
Mahalliy
Toshkent viloyatida er-xotin va ularning uch oylik chaqalog‘i is gazidan vafot etdi