Koreya Respublikasining karantin xizmati talablariga muvofiq 2014-yil 27-iyundan Koreya Respublikasiga qovun va ho‘l mevalar olib kirish taqiqlandi. Bu haqda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining saytida xabar berilgan.
Milliy aviakompaniyaning matbuot xizmati yo‘lovchilardan Koreya Respublikasi karantin xizmati talablariga rioya qilishlarini so‘rab qolgan.