Uyni sovutish yoki isitish uchun elektr energiyasiga ko‘p pul sarflashga to‘g‘ri keladi. Agar uydagi konditsioner yaxshi ishlamasa-yu, uning uchun pul to‘layversangiz – bu albatta yaxshi emas. Shu bois Lifehacker sayti konditsioner qay darajada ishlayotganini tekshirish usulini e’lon qildi.
Buning uchun konditsionerdan chiqayotgan havo oqimiga 5 daqiqa davomida termometrni tutib turish va haroratini o‘lchab, belgilab qo‘yish kerak. Keyin esa konditsionerga tashqi tomondan kirayotgan havo harorati o‘lchanadi.
Agar konditsionerdan chiquvchi havo unga kiruvchi havodan selsiy shkalasi bo‘yicha 8–11 daraja past bo‘lsa, u holda konditsioneringiz yaxshi ishlayotganiga ishonsangiz bo‘ladi.
Siz qayd etgan natijalar bunday bo‘lmasa, unda konditsionerni ustaga ko‘rsatish zarur.
Izoh (0)