Bitta g‘ildirakka ega bo‘lgan, ammo o‘z muvozanatini saqlay oladigan Onewheel harakat vositasi skeytbord va Segway birlashmasi hisoblanadi. Chunki unda xuddi skeytborddan foydalangandek harakatlanish zarur va u xuddi Segway kabi o‘z muvozanatini saqlay oladi. Bu haqda Engadget xabar beradi.
Qurilma metaldan qilingan korpus, yog‘och, elektr motor, akkumulyator, akselerometr va muvozanat saqlanishini nazorat qiluvchi mikrokontrollerdan tashkil topgan.
Uni harakatlantirish uchun old tomonga biroz og‘dirish kerak, harakatni sekinlatish va to‘xtatish uchun esa biroz orqaga og‘diriladi.
Keyli Dorksen loyihasi bo‘lgan bu harakat vositasi soatiga 20 kilometr tezlikka erishishi mumkin. Bir marta to‘liq quvvatlangach, 6–10 kilometr yura oladi. Qayta quvvatlash uchun esa 2 soat vaqt ketadi. Tezkor zaryadlovchi qurilma bilan esa 20 daqiqada batareyani to‘liq zaryadlash mumkin.
Izoh (0)