2012-yil 14-sentabr kuni tungi soat 23:00 larda Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida R. Nodirov va D. Abdusattorov fuqaro I. Abdug‘aniyevni to‘xtatib, suhbatga tortganda, Sh. Komilov I. Abdug‘aniyevni orqa tomonidan kelib, uning boshiga tosh bilan urgan va unga tegishli 550 dollarlik iPhone’ni va 200 AQSh dollarini olib qo‘ygan. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar berdi.
Sh. Komilov, R. Nodirov va D. Abdusattorov navbatdagi ish rejasini tuzib, Farrux Xadjiyev hamda Aleksandr Reketning yo‘lini to‘sib, zo‘ravonlik bilan pul talab qilgan. F. Xadjiyevdan 23 ming so‘m, A. Reketdan 10 ming so‘m pullarni olib qo‘yishgan. A. Reket ularning qilmishiga befarq qarab tura olmay, jiyani Sergey Chirkovni yordamga chaqirgan. Shu yerda janjal boshlanib, Sergey boshidan jarohat olib hushidan ketgan va “jonlantirish” bo‘limidan o‘ziga kelmay vafot etgan.
Mazkur ishni ko‘rib chiqqan jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi tomonidan Sh. Komilov, R. Nodirov hamda D. Abdusattorovlarga uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Izoh (0)