Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter musulmon foydalanuvchilar uchun saharlik va iftorlik vaqtini oson bilish imkonini beruvchi  yangi xizmatni yo‘lga qo‘ydi. Twitter JCh — 2014 bag‘ishlangan bayroqlardan so‘ng Ramazon oyi va Ramazon hayiti uchun bag‘ishlangan maxsus belgilarni ishlab chiqqanini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Foydalanuvchilarning #Ramadan yoki #Eid degan xeshteglari oldida yarim oy yoki arabcha yozuv paydo bo‘ladi.

“Joriy yilda dunyo bo‘ylab 1,5 milliardan ortiq musulmonlar Islom kalendarining to‘qqizinchi oyi bo‘lgan Ramazonni nishonlaydi. Ularning ichida Twitter foydalanuvchilari ham mavjud. Statistikaga ko‘ra, o‘tgan yili dunyo bo‘ylab Ramazonga oid 74,2 milliondan ortiq tvit qoldirilgan”, — deya Twitter xabar berdi.

Twitter xodimlari 2013-yili Ramazon oyida qoldirilgan tvitlarni ko‘rib chiqishdi. Unga ko‘ra AQShdagi Twitter foydalanuvchilari “yozning issiq kunlarida qanchalik och va chanqab ro‘za tutayotganliklarini” yozganlar. Angliya va Malayziya foydalanuvchilarning tvitlarida “happy” (baxtiyor) so‘zi, Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrain va Misr foydalanuvchilari qoldirgan tvitlarda esa صلاة (namoz) so‘zi ko‘p uchragan.

Shuningdek, Twitter foydalanuvchilarga iftorlik va saharlik vaqtini bilish imkonini ham yaratgan. Bu xizmat foydalanuvchilari iftorlik vaqtini bilish uchun #iftar so‘zi va o‘z shaharlari (#london yoki #newyork) nomini belgilagan holda al Arabiya yangilik kanali (@alarabiya)ga tvit qoldirishlari, saharlik vaqtini bilish uchun esa #imsak xeshtegini yozishlari kerak.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi