Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari 2014-yil 26-iyun kuni narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash chog‘ida musodara qilingan 1,27 ming kilogramm narkotik vositalarni yo‘q qildi. Bu haqda UzDaily xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Ushbu aksiya 26-iyun kuni nishonlanadigan Xalqaro narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab o‘tkazildi.

Toshkentdagi korxonalardan birida joylashgan domna pechida 85,3 kg geroin, 705 kg opium, 266,5 kg marixuana, 175 kg nasha, shuningdek katta miqdordagi ko‘knor poxoli, tabletka va eritmalar ko‘rinishidagi boshqa narkotik vositalar yoqib yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Narkotik moddalarni nazorat qilish davlat komissiyasining 20 yillik faoliyati davomida narkotiklar bilan bog‘liq 184,4 mingdan ortiq jinoyat aniqlandi, 66,5 tonnadan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi va buning natijasida millionlab insonlar hayoti “zahri qotil”dan asrab qolindi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa gaz iste’molini kamaytirmoqda
Mahalliy
Toshkentda yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi (video)
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi