So‘nggi yarim yil ichida huquqni muhofaza qilish organlari Urganch shahrida qimor o‘yinlarini tashkil qilish bilan bog‘liq uchta holatga duch kelishdi. Bu haqda “Postda” gazetasi ma’lumotiga tayanib, Uz24.uz xabar berdi.
Birinchi ikkita holatda shaharda yashovchi fuqarolar — O‘ktam A. va Azamboy T. o‘z uylarida “kazino” ochgani aniqlangan. Ular o‘nlab kishilarni yig‘ib, yarim kechagacha qartabozlik qilgan. O‘yinga naqd pul tikilgan. Poker ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar ichish bilan o‘tgan.
Shovot tumanida yashovchi yana bir poker ishqibozi — Bahrom K. o‘ziga tegishli “moyka”da qimor o‘yinlari havaskorlari uchun klub ochgan. Biroq ko‘p o‘tmay militsiya uni qo‘lga olgan.
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)