LG Electronics o‘ta yuqori aniqlikdagi 55UB850V 3D televizorlari qatorini ishlab chiqardi. Uning tarkibiga diagonallari 49 va 55 dyuymli ikkita model kirgan. Ularning ikkalasi ham innovatsion WebOS tizimiga ega, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot markazi.
Gorizontal bo‘yicha 178 gradusli ko‘rish burchagi tufayli 3D videoni televizor ekrani qarshisiga aynan tik o‘tirib ko‘rish shart emas. SD o‘lchamdagi oddiy kanallar ham displey piksellarining yuqori zichligi va UltraHD ResolutionUpscaler texnologiyasi tufayli jozibadorlikka ega bo‘ladi.
Shuningdek, televizor funksiyalari qatorida odatiy 2D videoning bir zumda 3D videoga aylanishini qayd etish mumkin. Albatta, undan aynan uch o‘lchovli tasvir chiqmaydi, ammo shunday bo‘lganda ham manzaralar 3D'ning ayrim belgilarini o‘zida ifoda etadi, xususan, predmetlar yiriklashib, harakatlar yanada chaqqon va jonli chiqadi.
Yangi WebOS tufayli endi birinchi bor televizorni yoqqanda u bilan tanishuv o‘ziga xos interaktiv o‘yin tusini oladi, bunda bosh qahramon – animatsiyalashgan qushcha BeanBird foydalanuvchiga barcha parametrlarni to‘liq sozlab olishga yordam beradi. Shuningdek, LG55UB850V'da MagicRemote – masofadan boshqaruv pulti ham mavjud.
Tayanch tillar ro‘yxatida o‘zbek tili ham bor. Uni dastlab televizor parametrlarini sozlash paytida tanlab olish mumkin.
LG 55UB850V televizorlari eng zamonaviy va kerakli interfeyslar: Ethernet, Wi-Fi (Direct), IntelWiDi, Miracast va USB bilan ta’minlangan, DivXPlus HD, MKV, TS, AVI, MP4, MP3, WMV, WMA, AAC i DTS formatlarini biron bir qiyinchiliksiz o‘qiydi, USB port teledasturlarni fleshkaga yozib olish imkonini beradi.
Reklama asosida. Matn: LG
Shuningdek, LG haqidagi yangiliklarni kompaniyaning Facebook, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoqlari hamda YouTube, Mover va MyTube saytlaridagi sahifalaridan bilishingiz mumkin.
Izoh (0)