Urugvay terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichi ikkinchi turida Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi, deb xabar berdi Uff.uz.
Bu Janubiy Amerika sharafini himoya qilayotgan terma jamoaning 1966-yildan buyon ilk bora Yevropa vakilini mag‘lub etishi edi. Urugvay oxirgi marta 48 yil muqaddam Angliyada o‘tgan jahon chempionatida Fransiyani mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Shundan buyon Urugvay terma jamoasi Yevropa terma jamoalari bilan umumiy hisobda 15 bora to‘qnash kelib, to‘qqiz marta mag‘lubiyatga uchrab, olti uchrashuvda durang qayd etgan. Oskar Tabares shogirdlari 2010-yilda ham Niderlandiya (yarim final) va Germaniya terma jamoalaridan (uchinchi o‘rin uchun) mag‘lubiyatga uchragan edi.
Izoh (0)