AQSh prezidenti Barak Obama ma’muriyatining fikricha, Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiy mamlakatning sunniy ozchiligi bilan murosaga kela olmaydi va shu sabab iste’foga chiqqqani ma’qul. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda, deb yozadi “Kun”.
WSJ manbalarining ma’lum qilishicha, rasmiy Vashington Iroq siyosiy partiyalari al-Malikiy ishtirokisiz yangi hukumat shakllantirishi kerak, deb hisoblaydi.
WSJ’ning diplomatlarga asoslanib yozishicha, AQSh Iroqning hozirgi bosh vaziriga yordam bermasligi uchun yanada ko‘proq kongressmen va senatorlar, shuningdek, ularning arab mamlakatlaridagi ittifoqchilari (ular orasida BAA va Saudiya Arabistoni ham bor) Oq uyga bosim o‘tkazmoqda.
AQSh Senatining razvedka masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Dayenn Faynsteynning so‘zlariga ko‘ra, “agar Iroqda qandaydir natijaga erishish maqsadi bo‘lsa, u holda al-Malikiy hukumati iste’foga chiqarilishi kerak”.
Bundan tashqari, WSJ’dagi maqolada qayd etilishicha, AQSh ma’muriyatining yuqori martabali vakillari o‘zlarining oshkora va ochiq murojaatlarida Iroq bosh vaziri sha’niga tobora ko‘proq tanqidlar yog‘dirmoqda.
Izoh (0)