Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Prezidenti Barak Obama Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan AQSh milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlab, o‘z Twitter’iga vatanparvarlik ruhidagi so‘zlar va rasmni joylashtirdi.

Foto: twitter.com/BarackObama

Foto: twitter.com/BarackObama

“Maydonda 11 kishi, yana 300 million kishi  ular uchun qayg‘urmoqda”, — deb yozadi Obama. Shuningdek, prezidentning sahifasida AQSh bayrog‘ining surati  va “Bir millat. Bir jamoa” degan so‘zlar joylashtirilgan.

AQSh futbolchilari 17-iyun kuni mundialni Gana  terma jamoasi ustidan g‘alaba bilan boshladi. AQSh terma jamoasi Ganani 2:1 hisobida Klint Dempsi va Jon Brukslarning gollari evaziga dog‘da qoldirdilar. Afrikaliklardan esa, Andre Ayyu o‘z goli bilan ajralib turdi.

Keyingi uchrashuvni AQSh terma jamoasi 22-iyunda Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. So‘nggi guruh bahsida esa, amerikaliklar “nemis mashinasi“ bilan kuch sinashadilar. Hozirda AQSh jamoasi “G” guruhida Germaniyadan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi