Maksim Yefremov Beeline tijorat direktori lavozimiga tayinlandi. U kompaniyada o‘z faoliyatini may oyida tugatgan Dmitriy Grigoryevning o‘rnini egalladi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
“Kompaniya rivojlanayotgan paytda tijorat direksiyasining ahamiyati juda muhim. Uning rahbari oldida kompaniyaning O‘zbekistondagi yetakchiligini mustahkamlash, innovatsion yechimlarni joriy qilish hamda bozorga yangi qiziqarli xizmat va tariflarni chiqarish kabi jiddiy vazifalar turmoqda. Ishonaman, Maksim o‘zining ulkan tajribasi bilan abonentlarning ishonchini oqlay oladi”, — deydi Beeline bosh direktori Aleksandr Vorobyov.