Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindistonda muhandislik kollejining 24 nafar talabasini Beas daryosida to‘lqin bosib, daryoga oqizib ketdi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Foto: AFP

Foto: AFP

Talabalar Manali shahriga ekskursiya uyushtirish uchun otlangan. Yo‘lda ular qirg‘oq bo‘yida rasmga tushmoqchi bo‘lganlarida, boshlariga to‘lqin yopirilgan.

To‘lqin dambadan suv chiqarilishi natijasida hosil bo‘lgan. Mahalliy hukumat bu haqda hech qanday ogohlantirish bermagan. Qutqaruv operatsiyasiga rafterlar, g‘avvoslar, politsiya va mahalliy aholi ham jalb etildi. Politsiya fikricha, daryodagi muzday suvdan biron kim tirik chiqishi amri mahol. Biroq 18 nafar yigit va olti qizni qidiruv ishlari davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi