“Ark Sug‘urta” mas’uliyati cheklangan jamiyati sug‘urta kompaniyasi litsenziyasining amal qilish muddati tugatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sayti xabar berdi.
Toshkent shahar Xo‘jalik sudining 2014-yil 2-maydagi qarori bilan “Ark Sug‘urta” kompaniyasiga 2013-yil 21-yanvarda berilgan SF seriyali 00179-sonli litsenziyaning amal qilishi tugatildi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri yangilandi.
“Sug‘urta nazorati” bo‘limida 2014-yil 3-iyun holatiga ko‘ra, sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi amaldagi litsenziyalar reyestri joylashtirildi.
Izoh (0)