Urganchda 2014-yil dekabriga qadar yangi trolleybus yo‘nalishi quriladi, iyul oyiga qadar esa 10 ta transformator podstansiyalari ta’mirdan chiqarilishi kerak, deb xabar bermoqda Anhor.uz.
Ushbu tadbirlarning muddati Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014-yil 28-mayda qabul qilingan “Mintaqaviy ahamiyatdagi past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish – ‘yo‘l xaritasi’ dasturlarini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Urganchda yangi trolleybus liniyasini qurish O‘zbekiston Prezidentining 2012-yil 6-dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan edi. 2010-yilda Toshkent shahri, Jizzax va Namangan viloyatlarida trolleybus yo‘nalishlari yopilganidan so‘ng Urganchni Xiva bilan bog‘lovchi trolleybus qatnovi hozirda O‘zbekistonda yagona bo‘lib turibdi.
Urganchda quriladigan yangi trolleybus liniyasi shaharni Xiva bilan bog‘lovchi yo‘nalishdan farqli ravishda, faqat Urganch ichida harakatlanadi. “Kun”ning qayd etishicha, 2013-yilda shahar trolleybus parki Chexiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy mashinalar bilan to‘ldirilgan edi.
Izoh (0)