O‘zbekistonda mavjud radiochastotalardan foydalangan holda Super Imax (EVO) kompaniyasi tomonidan to‘rtinchi avlod telekommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi uchun 26,4 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda Anhor.uz xabar bermoqda.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun kompaniyaning o‘zi hamda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi mas’ul etib belgilangan.
“Kun”ning yozishicha, to‘rtinchi avlod telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ishlar 2014-yil dekabrgacha yakunlanishi kerak.
Bu Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 28-mayda qabul qilingan “Mintaqaviy ahamiyatdagi past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish – “yo‘l xaritasi” dasturlarini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)