Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dunyodagi eng yirik internet-kompaniya bo‘lmish Google’ning dunyo bo‘yicha barcha xodimlarining 30 foizi ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi, biroq top-menejer va ishlab chiquvchilar orasida ularning ulushi kichikroq bo‘lib chiqdi. Bu haqda Google o‘zining kompaniya shtatidagi gender va milliy tarkib haqidagi hisobotida ma’lum qildi.

Foto: slate.com

Foto: slate.com

Google’ning umumiy xodimlari soni deyarli 50 ming kishiga teng. Ishlab chiquvchilarning 17 fozi ayollar bo‘lsa, kompaniya rahbar lavozimlarida ularning hissasi 21 foizga teng. Shu bilan birga, texnik bo‘lmagan lavozimlarda — ma’muriy, moliyaviy va marketing bo‘limlarida genderlar farqi deyarli sezilmaydi (ayollar 48 foizni, erkak xodimlar 52 foizni tashkil etadi).

Google ayollar va mayda millatlar vakillarini nima sababdan ishga kam qabul qilishi haqidagi savolga javoban, AQShda kompyuter ilmi sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘layotganlar orasida ayollar 18 foizni, mayda millatlar esa 5 foizni tashkil etishini bildirdi.

Bundan tashqari, Google xodimlarining 61 foizini “oqlar”, 30 foizini osiyoliklar, 10 foizini esa boshqa millatlar tashkil qilishi aniqlandi. Biroq kompaniyaning AQShdagi ofislarida yuqori lavozimlarda ularning hissasi biroz boshqacha: “oqlar” 72 foizni, osiyoliklar 23 foizni tashkil qilsa, qolgan millatlar hissasi 2 foizga ham yetmaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)