O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Fransiyaning Parij shahrida tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasining ikkinchi davrasida mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda “Olamsport” xabar berdi.
Germaniyalik Filipp Kolshrayberga qarshi kortga chiqqan Istomin 3:6, 6:7, 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va “Rolan Garros”dagi ishtirokini yakunladi.
Eslatib o‘tamiz, Denis ilk bosqichda ukrainalik Sergey Staxovskiyni 6:3, 6:4, 2:6, 6:3 hisobida taslim etgan edi. Istomin va Kolshrayber o‘rtasidagi o‘zaro bahslardagi umumiy hisob 4:2 ga yetdi, Denis oldinda bormoqda.
Izoh (0)