Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Standard & Poor’s agentligining kredit reytinglari xizmati O‘zbekistonning “Amirbank” xususiy ochiq aksiyadorlik tijorat bankining uzoq va qisqa muddatli kredit reytinglarini qaytarib oldi. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Foto: UzReport

Foto: UzReport

Reytingning qaytarib olinishiga reytinglarni kuzatishni davom ettirish va reyting jarayonini yangilab borish uchun yetarli va ishonchli axborot berilmayotgani sabab qilib keltirildi.

2014-yil 9-aprel kuni reyting agentligi talablariga javob beradigan ma’lumotning yo‘qligi tufayli “Amirbank” reytinglarini kuzatish to‘xtatilgan edi.

Reyting jarayoni to‘xtatilgan paytda “Amirbank” kredit reytinglari “CCC/C” darajasida bo‘lgan, reytinglar o‘zgarishi prognozi esa “Barqaror” deya baholangan.

“Amirbank” 2008-yilda tuzilgan. Bank bosh ofisi Samarqandda joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi