Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nemis olimlari uchuvchining fikr kuchi yordamida uchish-qo‘nish imkoniyatiga ega samolyot prototipini ishlab chiqdi. Ixtiro Brainflight (“Miya parvozi”) deb nom oldi. Bu haqda TechCrunch nashri xabar berdi.

Foto: techcrunch.com

Foto: techcrunch.com

Berlin va Myunxen texnika universitetlari ixtirosi Yevroittifoq tomonidan moliyalashtirilmoqda. U uchuvchining boshiga elektrodlar yordamida ulanadigan uskunadan iborat. Sinovlarda yetti kishi qatnashdi, ulardan biri samolyotni boshqarishda hech qanday tajribaga ega bo‘lmagan. Ularning barchasi aviatsiya trenajyorini muvaffaqiyat bilan yerdan ko‘tarib, xuddi shu tarzda qo‘ndirgan.

Olimlarning maqsadi alohida tayyorgarlikka ega bo‘lmagan har qanday kishiga samolyotni boshqarish imkoniyatini taqdim etuvchi boshqaruv tizimini yaratishdan iborat. Ushbu ixtiro keng jamoatchilikka qachon namoyish etilishi noma’lum.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?