O‘zbekistonda Yaponiya kompaniyasining kamyob telefonlaridan biri, ikkita simkartada ishlaydigan Sony Xperia C smartfoni sotila boshladi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar berdi.
Smartfon Android 4.2 operatsion tizimida ishlaydi. 5 dyuymli sensorli ekran, 8 megapikselli asosiy kamera, 1 Gb tezkor, 4 Gb ichki xotiraga ega.
Xperia C 2390 mA/s sig‘imidagi akkumulyator bilan jihozlangan bo‘lib, u smartfonning suhbat rejimida 10,1 soat, kutish rejimida 605 soat, musiqa eshitish rejimida 54 soat ishlashini ta’minlaydi.
Qurilma o‘lchamlari 74,15×141,5×8,88 mm, og‘irligi 153 grammga teng.
Sony Xperia C’ni Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida 690 ming so‘mga xarid qilish mumkin.
Izoh (0)