O‘zbekiston hamda Ummon terma jamolari o‘rtasidagi bugungi uchrashuv Muskat shahridagi nashrlarda ham tilga olinmoqda, deb yozadi Uff.uz
Mamlakatda chop etiladigan Muscat Daily, Al Watan, Oman Daily va Times of Oman gazetalari o‘yinga to‘xtalib o‘tishar ekan, qisqa qilib O‘zbekiston termasi haqida fikr bildirgan.
“Termamizning navbatdagi raqibi — saviyamizga juda mos. O‘zbekiston asosan legionerlariga tayanadigan terma jamoa hisoblanadi. Ayni paytda ular tarkibni yoshartirish borasida qator ishlar olib bormoqda. Umuman, O‘zbekiston bizga qarshi o‘yinlarga juda jiddiy qaramoqda. Bu esa futbolchilarimizni sinab ko‘rish uchun yaxshi imkoniyat deganidir. Birinchi o‘yin oldidan nima deyish mumkin? Ummon bu termani yengishga qodir”, — deyiladi nomlari yuqorida tilga olingan nashlarning sport rukni ostida berilayotgan xabarlarda.
Izoh (0)