Tailanddagi harbiy to‘ntarishga rahbarlik qilgan general Prayut Chan-Ocha mamlakatni boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Reuters axborot agentligiga asoslanib “Kun” xabar bermoqda.
Generalning o‘zi ma’lum qilishicha, Tailand qiroli Pumipon Adulyadet unga mamlakatni boshqarish uchun ruxsat bergan.
Ayni vaqtda, generalning qo‘shimcha qilishicha, agar siyosiy norozilik namoyishlari qayta boshlanadigan bo‘lsa, unda yana kuch ishlatishdan boshqa chora qolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Tailand armiyasi “qonun ustuvorligi va tartibni saqlash” maqsadida mamlakatda harbiy holat e’lon qilgan, shundan so‘ng harbiy to‘ntarishni amalga oshirgan edi.
Izoh (0)