AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi hisoblangan Edvard Snouden, alohida shartlar bajarilganida, AQShga qaytishga tayyor. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel nashri xabar bermoqda.
“Kun” ma’lumotlariga ko‘ra, Snoudenning germaniyalik huquqshunosi Kalek Shpigel uning mijozi AQShga qaytish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqlagan.
Huquq himoyachisning qo‘shimcha qilishicha, Snouden AQSh hukumatining yon berishiga umid qilmoqda. Sobiq agent tomonidan qanday shartlar ilgari surilgani ma’lum qilinmayapti.
Eslatib o‘tamiz, amerikalik bilan bog‘liq mojaro 2013-yil iyunida kelib chiqqan edi. O‘shanda u AQSh maxsus xizmatlari internet va mobil aloqa orqali butun dunyodagi foydalanuvchilarni kuzatib borgani haqidagi maxfiy axborotlarni fosh etgan edi.
2013-yilning 1-avgust kuni esa Rossiya hukumati AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi bir yillik muddatga vaqtinchalik boshpana berishga qaror qilgan edi.
Izoh (0)