Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina sharqida “aksilterror” operatsiyalari davom etayotganiga qaramay, prezidentlik saylovlari boshlandi. Bugun 8:00 da (Toshkent vaqti bilan 10:00 da) mamlakatdagi saylov uchastkalari ochildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: itar-tass.com

Foto: itar-tass.com

Saylovda 35,5 million fuqaro qatnashish huquqiga ega. Jami 33 674 ta saylov uchastkasi faoliyat olib borishi ko‘zda tutilgan, ularning qanchasi ochilgani haqida kun yarmiga yaqin bo‘ladigan brifingda ma’lum qilinadi.

Saylov byulleteniga 21 nomzod kiritilgan. Ukraina Saylovchilar qo‘mitasi bosh direktori Aleksandr Chernenkoning aytishicha, Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi 34 ta okrugdan 21 tasida muddatidan avvalgi saylovlar amalga oshmasligi mumkin.

Ukrainadagi saylovlarga 19 davlatdan kelgan 282 nafar rasmiy kuzatuvchi o‘z baholarini beradi. Ularning 61 nafari Polshadan, 38 nafari AQShdan tashrif buyurgan. Bundan tashqari, 20 ta xalqaro tashkilotning 3 mingga yaqin kuzatuvchilari ham saylovda qatnashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi
Mahalliy
“YouTube’dagi obunachilarimiz soni MDH mamlakatlari IIV kanallarinikidan ham ko‘p” — Shohrux G‘iyosov IIVning mediamakondagi faoliyati haqida gapirdi
Mahalliy
Toshkentda yo‘lovchi avtobus yonib ketdi