O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Latviya Respublikasi Prezidenti Andris Berzinsh 2014-yil 27—29-may kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tashrif doirasida ikki davlat rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etiladi, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonotini qabul qilish, O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlarni imzolash mo‘ljallanmoqda.
Izoh (0)