Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shimoliy Koreyada 23 qavatli turar joy qulab tushishi natijasida ko‘plab kishilar halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan Janubiy Koreya unga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.

Foto: anti-global.ru

Foto: anti-global.ru

“Ushbu hodisa natijasida ko‘plab qurbonlarning bo‘lgani yuzasidan ta’ziya bildiramiz”, — deyiladi KXDR Qizil Xoch jamiyatiga yuborilgan maktubda.

Rasmiy Seulning ta’ziyasi Shimoliy Koreya poytaxtidagi halokat haqida Pxenyan xabar berganidan ikki kun o‘tib, yuborildi. KXDR davlat OAVlari hodisani “jiddiy halokat” deb atadi.

Bundan avval Janubiy Koreya KXDRga 2006-yilda ta’ziya bildirgan edi. O‘shanda Shimoliy Koreyada suv toshqini ro‘y bergan, natijada yuzlab odamlar halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova