Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi 2014-yilda Navoiy viloyatida “Sangrantau” yonuvchan slanets konini qazishga kirishishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Gazeta.uz xabar berdi.

Foto: portturkey.com

Foto: portturkey.com

Zavod narxi 1 milliard dollarga baholanmoqda, u ichki manbalar va xorijiy kreditlar hisobidan moliyalashtiriladi. “O‘zLITIneftgaz” OAJ bosh direktori vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Saidovning aytishicha, zavod qurilishi 2014-yil oxirida boshlanishi mumkin.

Birinchi bosqichda (2014—2015-yillar) yiliga 2 million tonna slanetsni qayta ishlovchi majmua quriladi. Keyinchalik (2015—2018-yillar) zavod quvvatini yiliga 8 million tonna slanets rudasigacha chiqarish rejalashtirilgan.

Ayni paytda xolding slanetsni qayta ishlash texnologiyalari litsenziarini tanlash bo‘yicha tender o‘tkazmoqda, uning natijalari shu yilning birinchi yarmida e’lon qilinadi.

O‘zbekistondagi yonuvchan slanets zaxiralari 47 milliard tonna deb baholanmoqda. Asosiy slanets konlari Qizilqum cho‘li va Boysun tog‘larida joylashgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)