Toshkentda jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlar o‘rtasida badminton bo‘yicha turnir o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.
O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi va badminton federatsiyasi tomonidan jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular o‘rtasida badminton sport turini ommaviylashtirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada 60 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Turnirning erkaklar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Vladislav Ligay va Valeriy Litvinenko shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Xotin-qizlar o‘rtasida Elvira Legay va Olga Komilova oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, aralash juftlikda Qilichbek O‘rolov va Mehrigiyo Amriddinova birinchi o‘rinni egalladi.
– Bu kabi musobaqalar sportga bo‘lgan qiziqishimizni yanada oshiradi, – deydi turnir ishtirokchisi Murodbek G‘afurbekov. – Kelajakda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham munosib ishtirok etish niyatidaman.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)