9-may “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyida “Uch avlod uchrashuvi” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyi, Mudofaa Vazirligi Davlat va jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi tomonidan tashkil etildi.
Tadbir davomida Mudofaa Vazirligiga qarashli bo‘lgan maktab va Toshkent telekomunikatsiya yo‘nalishidagi harbiy akademik litsey o‘quvchilari, harbiy xizmatchilar va oddiy askarlar urush qatnashchilari bo‘lmish faxriylar bilan suhbatlashishga muyassar bo‘ldi.
Tadbirda Jamoatchilik kengashi a’zolari: O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shavkat Mahbubov ishtirok etdi. Tadbir so‘ngida muzey fondidan o‘rin olgan Ikkinchi jahon urushiga tegishli bo‘lgan eksponatlar va yurtimizda ijod etgan rassomlarning tasviriy san’at asarlari mehmonlar diqqatiga havola etildi. Ko‘rgazmada tasviriy san’atning grafika, rangtasvir turlarida harbiy mavzuda ishlangan asarlar diqqatga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)