Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avval va’da qilinganidek, HTC’ning yangi flagmani One (M8) oltindan ishlangan korpusda chiqarildi. Bu haqda mail.ru xabar berdi.

Foto: mail.ru

Foto: mail.ru

Britaniyaning Goldgenie zargarlik kompaniyasi HTC One (M8)ning uchta shohona variantini taklif qiladi. Bular toza oltin, pushtirang oltin va platinadan ishlangan smartfonlardir. Ushbu qurilmalarning narxlari mos ravishda 2560, 2695 va 2830 dollarga teng.

Smartfonlarning har biri emandan yasalgan o‘ziga xos sovg‘a qutisiga solingan. Ularga himoya g‘ilofi ilova qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, yangi smartfon o‘zidan oldingisidan kattaroq hajmi, yanada mustahkam metal korpusi va ikkitalik kamerasi bilan farq qiladi. Yangi smartfon 5 dyuymli ekran va yap-yangi Snapdragon 801 protsessoriga ega. Avvalgi versiyadagi silliqlangan metal korpus saqlanib qoldi. Biroq undan farqli ravishda, yangi HTC One qirralari yanada aylanaroq ko‘rinish oldi.

HTC One (M8) 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga ega. U Google Android 4.4 KitKat operatsion tizimida ishlaydi. Telefon 3G va LTE tarmoqlarida ishlay oladi, bundan tashqari, quvvatni tejash rejimiga ega bo‘lib, 14 kun davomida qo‘ng‘iroq va SMSlar qabul qilishi mumkin.

To‘q kulrang va kumushrang tusdagi smartfon Toshkentdagi “Fleshka” savdo majmuasida 2,4 million so‘mdan sotilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)