Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“O‘zbekenergo” DAK umumiy qiymati 190 million dollar bo‘lgan 500 kV lik “Ellikqal’a-Qorako‘l” yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasini (EUL) qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda gazeta.uz xabar berdi.

Foto: gazeta.uz

Foto: gazeta.uz

Osiyo taraqqiyot banki “O‘zbekenergo”ga loyihaga tayyorgarlik ko‘rish uchun 800 ming dollar miqdorida texnik grant ajratgan edi. 365 kilometrlik liniya Xorazm viloyatidan mamlakatning markaziy qismiga barqaror elektr quvvati tashishni ta’minlashga mo‘ljallangan.

2014-yil oxirigacha loyihaning texnik-iqtisodiy asosiy tayyor bo‘lishi, 2015-yil birinchi yarmida uni amalga oshirishga kirishilishi rejalashtirilmoqda. U ikki yil davomida quriladi hamda OTBning 140 million dollarlik krediti va o‘zbek tomoni mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyaning Nyu-Yorkdagi bosh konsulligi binosi qizil bo‘yoqqa bo‘yaldi (video)
Mahalliy
“Yotoqxona ahvoli rahbarlarni qiziqtirmayapti, muammoni aytsak, bizni uydan quvib chiqarishadi”. Navoiyliklar xaroba yotoqxonada yashayotganini aytmoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 30-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar