Xalqaro olimpiya qo‘mitasi taqiqlangan moddalar iste’moli va kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashga jiddiy kirishdi. Bu ish uchun XOQ tomonidan 12 million funt sterling mablag‘ ajratildi. XOQ prezidenti Tomas Baxning so‘zlariga ko‘ra, qon va peshobdan olinadigan doping-probalar sportchining taqiqlangan modda iste’mol qilganini to‘laqonli ifodalab bera olmasligi mumkin va bu borada yanada mukammalroq yo‘llarni izlash kerak. Kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha XOQ va xalqaro federatsiyalar Interpol bilan hamkorlikda yangi loyiha ustida ish olib boradi. Bu haqda “Sport.uz” xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, 2013-yilning sentabr oyida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidentligiga saylangan germaniyalik Tomas Bax bunga qadar uzoq yillar tashkilotning taqiqlangan moddalarga qarshi kurash departamentini boshqarib kelgan.
Izoh (0)