“O‘zbekenergo” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi yangi gaz elektr stansiyasi qurilishini noma’lum muddatga kechiktirdi. U “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasi elektr ta’minotini ko‘paytirish maqsadida barpo etilishi kerak edi. Bu haqda “Noviy Vek” xabar berdi.
Loyihaning dastlabki qiymati 103 million dollarni tashkil qiladi. U 200 MVt quvvatga ega elektr energiyasi va issiqlik ishlab chiqaruvchi elektr stansiyasi qurilishini ko‘zda tutadi.
2012-yilda “O‘zbekenergo” DAK NKMK uchun qiymati 34,2 million dollarga teng tashqi elektr ta’minoti obyektlarini qurib bitkazgan edi.