Rossiyaning Liberal-demokratik partiyasi rahbari Jirinovskiy mamlakat hududida McDonald’s tarmoqlarini yopishni taklif qildi. Bu haqda “ITAR-TASS” xabar berdi.
Avvalroq, McDonald’s firmasining vakillari Qrimdagi restoran tarmoqlarining faoliyati vaqtincha to‘xtatib turilishini aytgan edi.
‘‘Ishlab chiqarish jarayonidagi kompaniyaga bog‘liq bo‘lmagan ayrim sabablarga ko‘ra Simferopol, Sevastopol va Yaltadagi faoliyatimiz vaqtincha to‘xtatildi. Umid qilamizki, imkoniyat tug‘ilishi bilanoq, biz ularning ish faoliyatini qaytadan yuritishni boshlaymiz’’, — deyiladi xabarda.
‘‘McDonald’s Qrimdagi shoxobchalarini yopgani ayni muddao, bizda ham barcha tarmoqlarini yopsa, yana-da yaxshi bo‘lar edi” — deydi RLDP yetakchisi. Shuningdek, Jirinovskiy RLDP shahar tashkilotlariga McDonald’sning Moskva va butun mamlakatdagi ovqatlanish joylarini nazorat qilish haqida buyruq berganligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)